ATMOSFERADAGI FIZIK JARAYONLARNING GEODEZIYA O’LCHOVLARIGA TA’SIRI

Authors

  • Rustamjon Siddiqov QDU katta o’qituvchisi Author
  • Ominaxon Tursunxo‘jayeva QDU 1-kurs talabasi Author

Keywords:

geodeziya, lazer skanerlash, atmosfera, havo bosimi, havoning namligi, elektromagnit to’lqinlar, yorug’lik.

Abstract

Ushbu maqolada atmosferadagi asosiy fizik jarayonlarning geodeziya oʻlchovlariga qanday ta’sir qilishi va eng so‘nggi ilmiy yondashuvlar bilan ularni kamaytirish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada atmosfera qatlamlarida yuz beradigan asosiy fizik jarayonlarning geodeziya sohasidagi oʻlchovlarga qanday ta’sir qilishi atroflicha tahlil qilinadi. Ayniqsa, havo bosimi, harorat, namlik, gaz tarkibi va elektromagnit to‘lqinlarning sinishi kabi omillarning GNSS tizimlari, lazer skanerlash, optik teodolitlar kabi zamonaviy geodezik uskunalarga ta’siri o‘rganiladi. Maqolada atmosfera refraksiyasi, troposferik va ionosferik kechikishlar, harorat va bosim ta’siri, hamda yogʻingarchilik, shamol va namlikning signal uzatishdagi roliga alohida e’tibor qaratilgan. Mahalliy meteorologik monitoring tizimlarini joriy etish orqali atmosferaning salbiy ta’sirlarini kamaytirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, real vaqt rejimida atmosferaviy kechikishlarni aniqlash, kompensatsiya qilish va prognozlashda sensorli integratsiya va mashinaviy o‘rganish texnologiyalarining samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari geodezik oʻlchovlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish uchun ilg‘or texnologik yondashuvlarning qo‘llanilishi zarurligini asoslaydi.

References

Böhm, J., et al. (2015). "Vienna Mapping Functions 3 (VMF3) for tropospheric delay modeling." Journal of Geodesy.

Kouba, J. (2020). "A Guide to Using International GNSS Service (IGS) Products." IGS Publications.

Hernandez-Pajares, M., et al. (2017). "Global ionospheric maps (GIM): modeling and applications." Journal of Space Weather and Space Climate.

Chen, G., and Herring, T. A. (2022). "Tropospheric delay effects on GPS measurements." Journal of Geophysical Research.

Downloads

Published

2025-05-19