MAKTABDA O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
loyiha, kreativ shaxs, ijodkorilik, ijodiy fikrlash, qobiliyat, ijodiy qobiliyatlar.Abstract
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyati samaradorligini oshirishdagi dolzarb vazifalar va o‘quv jarayonidagi, ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Uning ishlashini nazorat qilish orqali ta'lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim darajasini yuqori saqlash mumkin. Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida fanlararo bog‘lanishlardan foydalanish haqida va umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish, ushbu lavozimdagi shaxs o‘quv rejalari, dars jadvali va boshqa o‘quv jarayonlari bilan bog‘liq masalalarni boshqaradi.
Nazorat orqali ushbu jarayonlarning rejalashtirilishi va amalga oshirilishida tizimlilik va samaradorlik ta'minlanadi, o‘quvchilarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, buning uchun yangicha o‘qitish metodikalaridan foydalanishga doir ko‘plab tashkiliy-huquqiy va ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Direktor o‘rinbosari o‘qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga yordam beradi. Nazorat qilish orqali o‘qituvchilarning professional rivojlanishi, darslarning sifatli o‘tilishi va pedagogik usullarning samarali qo‘llanilishi ta’minlanadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari baholash jarayonlarini nazorat qiladi. Bu orqali adolatli va shaffof baholash tizimi yaratiladi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari to‘g‘ri baholanadi. Ta'lim tizimida yangi texnologiyalar va usullarni joriy etish uchun direktor o‘rinbosarining faoliyati muhim. Nazorat qilish orqali ushbu innovatsiyalar samarali qo‘llanilishi va maktabning rivojlanishi ta'minlanadi Ta’lim jarayonida davlat va xalqaro me'yoriy hujjatlar, standartlar va talablar mavjud. Direktor o‘rinbosarining faoliyatini nazorat qilish orqali ushbu huquqiy talablar bajarilishi ta'minlanadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, ularning ehtiyojlarini qondirishga mas’uldir. Nazorat orqali bu jarayonning qanchalik samarali ekanligi aniqlanadi va kerakli tuzatishlar kiritiladi.
Shu sababli, maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini oshirish ta'lim jarayonining samaradorligi, sifatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va huquqiy talablarni bajarish uchun dolzarb hisoblanadi.Bu orqali raqobatbardosh va yuksak salohiyatli kadrlar avlodini tayyorlash tizimini yaratish maqsad qilinmoqda. Bu esa o‘quvchi-yoshlarda kreativlik bilan bog‘liq qobiliyatlarni shakllantirishni dolzarb vazifalardan biriga aylantirmoqda. Shu bois innovatsion vositalar asosida yoshlarda kreativlik qobiliyatlari shakllantirish zarurati haqidagi fikr va mulohazalar yuritilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni;
2017-yil 15-avgustdagi 610-sonli "Umumiy oʻrta ta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qaror va boshqa tegishli qarorlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni “2022 — 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”(11.05.2022);
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘i
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 1-apreldagi 105-sonli buyrug‘i;
Mehnat Kodeksi;
“Ta’lim muassasasida xodimlarni boshqarishning o‘ziga xos jihatlari” - Moxira Xayitova;
“Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari” – S.T.Turg‘unov;
boshlang‘ich ta’lim darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish –Mamajonova Munojatxon Xoshimovna ;
Hasanov O. Liderlar kitobi. - T.. Muharrir nashiryoti, 2020
Liderlik va nazoratning ahamiyati
Kitobdan iqtibos: “ Noto‘g‘ri qo‘yilgan bitta g‘isht, bitta chirigan yog‘och ertangi butun bir imoratning qulab tushishiga sababchi bo‘lishi mumkin".
Robert J.Marzano, Timotihy Waters, and Brian A.McNulty.“School Leadership That Works” -Maktabda samarali yetakchilik. Monografiya

