RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR FAOLIYATINI BAHOLASHDA KPI TIZIMINI JORIY ETISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
KPI tizimi, raqamli transformatsiya, professor-o‘qituvchilar baholash, oliy ta’lim, natijadorlik indikatorlari, raqamli kompetensiya, ta’lim sifatini oshirish, avtomatlashtirilgan monitoring.Abstract
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya jarayonida oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash amaliyotida Key Performance Indicator (KPI) tizimidan foydalanishning takomillashtirilgan mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida zamonaviy raqamli vositalar, ma’lumotlarni tahlil qilish texnologiyalari va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari asosida KPI ko‘rsatkichlarini shakllantirish va ularni amaliyotga joriy etishning tizimli modeli ishlab chiqildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, amaldagi baholash tizimlari ko‘pincha professor-o‘qituvchilar ish samaradorligini to‘liq aks ettirmaydi va innovatsion faoliyat, raqamli kompetensiyalar hamda talabalar bilan interaktiv ishlash darajasini yetarlicha hisobga olmaydi. Taklif etilgan yangi mexanizm uch asosiy blokdan iborat: o‘quv-metodik ishlar samaradorligi, ilmiy-tadqiqot natijalari va raqamli hamda innovatsion faoliyat ko‘rsatkichlari. KPI indikatorlari LMS (Learning Management System) va SIS (Student Information System) kabi raqamli platformalar bilan integratsiya qilinib, baholashning shaffofligini, ob’ektivligini va real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyatlarini oshiradi. Tadqiqotda ilgari surilgan tavsiyalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida professor-o‘qituvchilar faoliyatini samarali baholash, ularning raqamli va pedagogik salohiyatini oshirish hamda xalqaro ta’lim standartlariga mos innovatsion muhit yaratishga xizmat qiladi.

